16:39 / 20.12.2016
24 949

Zokir Almatov hukumat ishiga qaytarildi

Zokir Almatov hukumat ishiga qaytarildi

Sobiq Ichki ishlar vazir Zokir Almatov O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 24 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida o‘tkazilgan marosimda ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

Bugun sobiq vazir qaytarilgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda ishonchli manbalarimiz xabar etkazdi.

2005 yilda iste’foga chiqarilgan Zokir Almatov Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Zokir Almatov 1949 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Zokir Almatov 1991 yildan 2005 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2005 yilda “Buyuk xizmatlari” uchun ordeni bilan mukofotlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zokir Almatov hukumat ishiga qaytarildi