13:12 / 22.12.2016
6 661

Qozog‘istonda videoregistrator bir xil raqamli ikki mashinani qayd etdi

Qozog‘istonda videoregistrator bir xil raqamli ikki mashinani qayd etdi

“Tengrinews.kz” portaliga uning o‘quvchilaridan biri KZ160AST raqami bir xil bo‘lgan ikki avtomashinani videoregistrator qayd etganini ma’lum qildi.

Mashinalarning har ikkalasi ham aynan bitta qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yib, harakatning qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Bu voqea haqida xabar bergan erkak mazkur fakt balki tegishli idoralarni qiziqtirib, ular hodisaga oydinlik kiritar, deb savol bergan.
Erkak aytgan gapini isbotlash uchun ikki videoni taqdim etgan. Birinchi rolik 2016 yilning sentyabr oyida, ikkinchisi esa dekabr oyida olingan. Ammo hozirgacha Qozog‘iston respublikasi huquq-tartibot idoralari mazkur faktga izoh bermagan.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonda videoregistrator bir xil raqamli ikki mashinani qayd etdi