6 yanvar kuni Milliy olimpiya qo‘mitasining XXX Bosh Assambleyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov olib bordi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti lavozimiga “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi raisi Alisher Sultonov saylandi.
Yig‘ilishda to‘rt yillik olimpiya siklida qilingan ishlar, erishilgan natijalar borasida qo‘mita bosh kotibi Oybek Kasimov hisobot berdi.
Bosh Assambleya yig‘ilishida Milliy olimpiya qo‘mitasining to‘rt yiliik sikldagi faoliyati qoniqarli deb bir ovozdan qabul qilindi.
Shuningdek qo‘mita vise prezidentlari sifatida Valeriy Tyan, Salim Abduvaliev, Farhod Turdiev va Umid Ahmadjonovlar saylanishdi. Oybek Kasimov esa Bosh kotib lavozimiga qayta saylandi va faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi