09:27 / 10.01.2017
6 776

Qizi olib qo‘yilgan o‘zbekistonlik ayolning ishi qayta tergov qilishga qaytarildi

Qizi olib qo‘yilgan o‘zbekistonlik ayolning ishi qayta tergov qilishga qaytarildi

Moskva shahrining Kunsevo sudi huquq-tartibot muassasalari bir yoshli qizini tortib olgan o‘zbekistonlik ayol Nilufar Mamasaidovaning Rossiyadan deportasiya qilinishi ishi materiallarini polisiyaga qaytarib berdi. Bu haqda RIA “Novosti” agentligiga asoslanib Kun.uz sayti xabar berdi.

"Sud materiallarni etarlicha hajmdagi isbotlar yo‘qligi sababli polisiyaga qaytarib berdi", deb aytdi sud matbuot kotibi.

Avvalroq OAVda Moskva ichki ishlar boshqarmasining "Kunsevo" bo‘limi xodimlari dekabr oxirida Mamasaidovaning yashash manzili bo‘yicha kelib, uning qizini ayolda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qligiga asoslanib olib ketishgani haqidagi ma’lumot paydo bo‘lgandi.

O‘z navbatida, Moskva ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatida polisiya xodimlari qizchani olib ketishmagani, u yuqori harorat bilan shifoxonaga yotqazilgani ma’lum qilingan.

Rossiya prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Anna Kuznesova o‘zbekistonlik ayolga farzandini qaytarib berish uchun barcha sharoitlarni yaratish zarurligini aytgandi. Uning aytishicha, hozirda qizcha yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotibdi va uning onasi hujjatlarni rasmiylashtirgandan keyin uning yoniga tashrif buyurishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qizi olib qo‘yilgan o‘zbekistonlik ayolning ishi qayta tergov qilishga qaytarildi