08:19 / 10.01.2017
8 918

O‘z davrining hech kimga o‘xshamagan, noodatiy insonlari!

Biror sabablarga ko‘ra odam boshqalarga o‘xshamasa, ular «nenormalnыy», yoki «urod» bo‘lib qolmaydi.

Omma ularni barmog‘ini bigiz qilib ko‘rsatishdan tortinmaydi. O‘tgan 19- 20-asrlarda sirklar misli ko‘rilmagan mashhur bo‘lgan zamonda hech kim bunday qilmagan.

Aynan shu obrazlarda, o‘zlarining noodatiy fiziologik jihatlari bilan ham mashhur bo‘lgan insonlar ham juda ko‘p bo‘lgan.

1. Uch oyoqli artist
O‘z davrining hech kimga o‘xshamagan, noodatiy insonlari!

Tomoshabinlar uchun Franchesko Lentini musiqali chiqishlari bilan mashhur bo‘lgan. Aslida Franchesko siam egizaklari kabi egiz ukasi bilan tanalari birlashib tug‘ilishgan. Biroq egizagi yaxshi rivojlanmagan edi. Tanasidan ukasining tana qoldiqlari olib tashlanganu, biroq uch 3- oyoqni qoldirishgan. Avvaliga Franchesko o‘zini uchinchi oyog‘i sabab yomon ko‘rardi, biroq ko‘r va karlar internat uyida bo‘lgach, u hammasi yomon emasligini tushungan. Uning uchinchi oyog‘i ham sog‘lom edi. Lentini muxlislari arqondan sakrab, uch oyog‘ida futbol o‘ynab hayratga solgan. Hazilkashligi unga har doim yordam bergan.

2. Ikkisi birda

Jana Liberra o‘zining o‘suvchi egizagi bilan birga yashagan. Oyoq va qo‘llari tana tashqarisida bo‘lgan, boshi esa Jananing qovurg‘asi ostida o‘sgan ekan. Bu rentgen tasvirlarida aniqlangan.

3. Tuya qiz

Bu qiz orqaga emas, oldinga bukiluvchi tizzalarsiz dunyoga kelgan. Ella Xarper 1870- yilda tug‘ilgan. U ham boshqa nuqsonlilar bilan sirkda chiqishlar qilgan. U faqat to‘rt oyoqlabgina yura olardi, shuning uchun » Tuya qiz” nomini olgan edi. Ma’lum bo‘lishicha u 16 yoshigacha chiqish qilgan, keyin maktabda ta’lim olmoqchi ekanini aytib, sirkni tark etgan. u haqda boshqa ma’lumotlar yo‘q.

4. Ogayolik katta oyoqli qiz.

Sirk qahramonlaridan yana bir Fanni Milles edi. Uni «Ogayolik katta oyoqli qiz” deb chaqirishgan.Millesning kasalligi sabab uning oyoqlari hayratlanarli darajada katta edi.

Ziyoda Ziyaeva tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘z davrining hech kimga o‘xshamagan, noodatiy insonlari!