23:41 / 12.01.2017
62 359

Alisher Usmonov: talabalik, qora kunlar va ilk milliard…

Alisher Usmonov: talabalik, qora kunlar va ilk milliard…

Usmonov Alisher Burxonovich 1953 yilning 9 sentyabr sanasida O‘zbekistonning Chust shahrida dunyoga kelgan. U oiladagi to‘rt nafar farzandlarning to‘ng‘ichi edi. Uning otasi Burxon Usmonov Toshkent shahri prokurori bo‘lgan.

Alisher Usmonov tug‘ilgan joyiga ko‘ra o‘zbek, pasportiga ko‘ra rossiyalik va britaniyalikdir. U 2012 yilda Rossiyaning eng boy odami deb tan olingan. Forbes jurnali uning boyligini 18,1 mlrd dollar deb baholagan. 2013 yilda u Bloomberg Markets Magazine” jurnali ro‘yxatiga ko‘ra “50 nafar eng obro‘li odamlar” qatoriga qo‘shilgan. Forbes jurnalida keltirilgan ro‘yxatga ko‘ra esa u 2016 yildagi Rossiyaning eng boy odamlari qatorida 3-o‘rinni egallagan.

Usmonovning ishdayam, shaxsiy hayotdayam omadi kaliti, uning uchun qilib bo‘lmas ishning o‘zi yo‘qligida. Bugun u juda ko‘p aktivlarga egalik qiladi. Ular ichida Rossiyadagi eng yirik temir rudasi ishlab chiqaruvchi Metallinvest xoldingi, RFdagi eng katta mobil telefonlari kompaniyasi sanalmish Megafon, Angliya futbol komandasi Arsenal alohida o‘rin egallaydi. Shu bilan birga ko‘plab internet-kompaniyalar, Facebook, VKontakte, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, hamda mail.ru.elektron pochtasning tekin servisida uning o‘z ulushi bor.

«Uch mushketerlar»ga havas

Uning aytishicha, qayta qurish pallasida o‘zi sevgan kasbi huquqshunoslik bilan o‘zini to‘liq ta’minlay olmasligini tushungani uchun ham ishbilarmonlik bilan shug‘ullangan ekan. U miliardlik boylikka ega bo‘lsada, o‘zini oddiy inson sanaydi. “Men uchun pullar bu vazifadir,-dedi milliarder, -Ular nimagadir erishish imkonini beradi yoki aksincha ularning miqdoriga qarab sening omadsizliging haqida baho berish mumkin”.

Alisher bolaligida, “Uch mushketerlar”ni o‘qib, qilichbozlikka qiziqib ketadi. Ikki yildan so‘ng u qilichbozlik bo‘yicha respublika terma jamoasi a’zosiga aylanadi. Birozdan keyin u sport ustasi bo‘ladi. Aynan o‘sha paytlar u o‘zining bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i Irina Vinerni ko‘rib qoladi. Irina u borgan Sport saroyida badiiy gimnastika bilan shug‘ullanardi. 1971 yilda u MGIMO (Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti)ga o‘qishga kiradi. Biroq 1980 yilda uning hayotidagi “qora palla” boshlanadi-bo‘lg‘usi millarder yana bir yuqori mansabdagi rahbarning o‘g‘li bilan birga o‘sha payt avj olgan “Paxta ishi” bilan 8 yilga qamaladi. 1986 yilda yaxshi xulqi tufayli muddatidan oldin ozodlikka chiqariladi. Erkinlikka chiqqan Usmonov boy xorijliklar uchun O‘zbekistonning tog‘larida ovchilik qilishni tashkillashtiradigan sayyohlik kompaniyasiga asos soladi. Keyinroq esa universitetdagi do‘stlari ko‘magida Rossiyaga ko‘chib ketadi. Usmonovning ilk biznes ishi polietilen paketlar ishlab chiqarish hamda tamaki savdosi edi. U 1997 yilda RF hukumati qoshidagi Moliya akademiyasini “Bank ishi” mutaxassisligi bo‘yicha tugatadi. Uning Rossiya iqtisodiyoti, madaniyati va sportiga qo‘shayotgan hissasi ulkandir. 90-yillar boshida Usmonov davlat bank biznesiga kiradi-avval u “Birinchi mustaqil bank” direktorlar kengashi tarkibiga kiradi. Ular qatorida “Rosneft”, “MiG”, “Almazyuvelireksport” kabi yirik kompaniyalar bo‘lgan. Ushbu pallada bo‘lg‘usi milliarder Rossiya biznesida mustahkam o‘rniga ega bo‘lib, o‘zining shaxsiy investisiya kompaniyalarini tuzib, ko‘p o‘tmay ilk milliard dollarini topadi.

1997 yildan boshlab Alisher Burxonovich gaz tuzilmasi bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yib, Gazprominvestxolding»da rahbarlik lavozimini qo‘lga kiritadi. O‘shanda u davlat gaz korporasiyasining “xususiy cho‘ntaklar”ga tarqalgan aktivlarini qaytarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi va bu ishni a’lo darajada uddalaydi. Usmonov tufayli “Gazprom” o‘zining barcha yo‘qotilgan aktivlarini qaytarib, Rossiyadagi eng yirik davlat monopoliyasi o‘rnini egallaydi.

2004 yilga kelib, biznesmen “Metalloinvest” temir rudasi xoldingiga egalik qilib, dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatiga kiradi. 2007 yildan u o‘z faoliyatini kengaytirib, mediya magnatiga aylanadi. Oradan bir yil o‘tib, u millionlab dollarni internetga kiritadi – u DST Global va Mail.ru Group ning asosiy aksioneri bo‘lib, keyinroq to‘liq nazoratni o‘z qo‘liga oladi. 2006 yildan beri u Rossiya sanoatchilari va ishbilarmonlari ittifoqi a’zosidir. 2006 yilda u “Kommersent’” nashriyot uyi aksiyalarining 100 foizini sotib oladi.

Xayr-sahovat va sport

O‘z biznesidan tashqari milliarder yana jamoatchilik ishlari hamda Rossiya sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. 2007 yilda Usmonov 72 mln dollarga Rostropovichning suratlar kolleksiyasini uning xotini Galina Vishnevskayadan sotib olib, uni Peterburdagi Konstantin saroyiga beminnat tarzda topshiradi va bu bilan rus madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shadi. O‘sha yiliyoq u amerikaliklardan sovet multfilmlari jamlamasini to‘liq xarid qilib, uni “Bibigon” kanaliga tuhfa etadi.

2014 yilning 4 dekabrida u Nyu-Yorkdagi Christie’s auksionida 4,1 mln dollarga Jeyms Uotsonning Nobel medalini sotib olib, uni yana olimning o‘ziga qaytaradi. Bunga javoban olim shunday deydi: “Men bu oliyjanob qadamdan chuqur minnatdorman. Bu esa o‘z navbatida mening saraton kasalliklarini tadqiq etishdagi DNK tuzilishini kashf etganimdagi ulushimga yuqori baho berganini ko‘rsatadi”.

2008 yildan boshlab Usmonovning xayriya ishlari rasmiy yo‘nalishga ega bo‘ldi-milliarder “San’at, fan va sport” fondiga asos solib, ilk yildayoq xayriya maqsadida 126mln dollar mablag‘ sarflangan. 2013 yilda Alisher Burxonovich o‘zining xayriya ishlari uchun faxrli davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan rus mesenatlari orasida etakchi o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari Usmonov rus sportining xalqaro miqyosda rivojiga alohida e’tibor qaratadi. 2008 yildan beri u Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidentidir.

2015 yilda u Rossiya sportiga yordam berishda davom etishini bildirib, Rossiyada yangi bo‘lgan professional kompyuter sporti- kibersport Virtus.pro tashkilotini rivojlantirish uchun100-millionli invest-loyihani targ‘ib qildi.

Shaxsiy hayot

Uning shaxsiy hayoti xuddi biznesi kabi omadlidir. U rafiqasi Irina Vinner bilan hayotning barcha qiyinchilik va sinovlarini engib o‘tib, hamon birga umrguzaronlik qilishmoqda.

Bugungi kunda Usmonovning ayoli badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi treneridir.

Boyligi

2016 yilga kelib Alisher Usmonovning boyligi $12500 mln dollarni tashkil etgan. Uning onasining nomi bilan atalgan (“Dilbar”) ikkita yaxtasi, hamda Airbus A320 shaxsiy samolyoti. Vinerning aytishicha, eri futbolga juda qiziqib, bu sport turiga u beg‘araz ravishda milliardlab pullarini sarflaydi.

O‘z omadi kaliti sifatida Usmonov biznesdagi to‘g‘ri va aniq strategiyasini keltiradi. U ish faoliyatida turli nizo va bahslardan qochishga harakat qiladi. Shuning uchunmi har qanday bahsdan g‘olib bo‘lib chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
OYBEK
OYBEK 1 апреля 2020 19:49
Assalom alaykum.zur
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov: talabalik, qora kunlar va ilk milliard…