22:07 / 15.01.2017
7 265

Internetda Saratovdagi avtohalokat joyidan olingan video paydo bo‘ldi

Internetda Saratovdagi avtohalokat joyidan olingan video paydo bo‘ldi

Internetda Rossiyaning Saratov viloyati Petrovskiy tumani hududidagi yo‘llardan birida Volvo yuk mashinasi va Toyota miniveni ishtirokida ro‘y bergan avtohalokat joyidan olingan video paydo bo‘ldi.

Avvalroq yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani, ularning barchasi Rossiyaga pul ishlagani ketayotgan qirg‘izistonliklar ekanligi ma’lum qilingandi.

Internetda joylashtirilgan rolikda qutqaruvchilar jasadlarni vayronalar orasidan chiqarib olish bo‘yicha ishlar olib borishayotgani tasvirlangan.

YTH 15 yanvarga o‘tar kechasi Nijniy Novgorod — Saratov yo‘lida, Tarumovka qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Aybdor haydovchi ushlangan.

Petrovskiy tumani rahbari Denis Fadeevning ma’lum qilishicha, haydovchi rul ortida uxlab qolgan bo‘lishi mumkin. Uning aytishicha, yo‘l muzlamagan va qordan tozalangan holda bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Internetda Saratovdagi avtohalokat joyidan olingan video paydo bo‘ldi