11:00 / 16.01.2017
11 928

«Ahmadboy» qamoqda katta biznesni yo‘lga qo‘ydi!

«Ahmadboy» qamoqda katta biznesni yo‘lga qo‘ydi!

O‘z mijozlariga kiritgan sarmoyalari uchun 45 kunda 50 foiz foyda taklif etib, dunyoda 3 milliondan ortiq odamni 65 milliard dollarga “otgan” amerikalik “Ahmadboy” - Bernard Medoff 2008 yilda 150 (!) yil qamoq jazosiga mahkum etilgandi.
Ammo pulga bo‘lgan muhabbat uni qamoqda ham tinch qo‘ymadi. Bernard o‘zi jazo muddatini o‘tayotgan Shimoliy Karolinadagi qamoqxona do‘koniga sotishga keltirilgan kakaoni yoppasiga sotib oldi va ustiga katta foyda qo‘ygan holda qamoqxona mahbuslariga sotishga boshladi.
Bernard L. Madoff Investment Securities fondini tuzib, millionlab kishilarni yigirma yil davomida chuv tushirib kelgan bu “asr firibgari”ning “muvaffaqiyatli yurishi” 2008 yilda jahon moliyaviy inqirozi kelib chiqishi natijasida to‘xtashga majbur bo‘lgandi.
Sababi, yangi oqimi to‘xtab, eskilariga esa pul to‘lashga imkoniyati qolmagan Medoff: “Menda ayb yo‘q, meni kechiringlar. Bu yo‘lning oxiri yo‘qligini bilardim. Odamlar o‘zlari menga pul olib kelib berishaverdi” qabilidagi iqrori bilan, qamoqqa qochib qutulgandi. Shunisi qiziqki, u tuzgan moliyaviy piramida salkam chorak asr davomida dunyoda er tagida ilon qimirlasa biladigan AQSh Federal xizmatlari nazaridan chetda qolgan!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ahmadboy» qamoqda katta biznesni yo‘lga qo‘ydi!