13:24 / 18.01.2017
6 352

Litvalik mahbus unga internetni cheklagan hukumatga qarshi ishni yutdi

Litvalik mahbus unga internetni cheklagan hukumatga qarshi ishni yutdi

Strasburgdagi Evropaning inson huquqlari bo‘yicha sudi 17 yanvarda Litva Pravenishkes axloq-tuzatish koloniyasida jazo o‘tayotgan mahbusning huquqlarini buzganligini e’lon qildi. Bunga hukumatning mahbusga masofadan turib o‘qish izlashida internetdan foydalanishni taqiqlagani sabab bo‘lgan.

Mahbus Xenrikas Yankovskis sudga koloniya ma’muriyati unga internetdan foydalanish imkoniyatini berishni taqiqlaganidan keyin murojaat qilgan, deb yozadi Kun.uz.

"Litva axloq-tuzatish koloniyasidagi mahbusning huquqlarini buzgan. Unga o‘qish qidirish maqsadida internetdan foydalanish taqiqlab qo‘yilgan", deyilgan sud qarorida.

Sud hakamlik hay’ati "bunday qarorlar Evropaning inson huquqlarini himoya qilish konvensiyasini buzishini, chunki internetdan foydalanish inson huquqi hisoblanishini" e’lon qilgan. Sud mahbusning unga 30 ming dollar tovon puli to‘lash iltimosini rad etdi. Sudyalar bu vaziyatda qoidabuzarlik tasdiqlanishining o‘zi etarli deb topganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Litvalik mahbus unga internetni cheklagan hukumatga qarshi ishni yutdi