11:26 / 26.01.2017
6 354

O‘zbekistonda amaldorlar daromad deklarasiyasini to‘ldirishlari mumkin

O‘zbekistonda amaldorlar daromad deklarasiyasini to‘ldirishlari mumkin

O‘zbekistonda amaldorlar daromad deklarasiyasini to‘ldirishlari ko‘zda tutiluvchi me’yor joriy etilishi mumkin, deb xabar berdi Sputnik agentligi.

Suhbatdoshning aytishicha, hozirda tegishli vazirlik va muassasalar korrupsiyaga qarshi 2018 yilgacha mo‘ljallangan ikki yillik dasturni ishlab chiqishmoqda.
Korrupsiya jinoyatiga qarshi kurash bo‘yicha qator chora-tadbirlar majmuasini o‘z ichiga oluvchi hujjat mart oyi oxiriga qadar tayyor bo‘ladi. Xususan, undagi me’yorlardan birida davlat xodimlari hamda ularning oila a’zolari daromadlari haqida deklarasiya to‘ldirishlari majburiy talab sifatida ko‘rsatiladi.

"Daromad deklarasiyasi yuridik hujjat emas, balki iqtisodiydir. Shuning uchun hozirda mutaxassislar tomonidan mazkur talabni joriy etish shartlari o‘rganib chiqilmoqda va muhokamalar yakuniga etishi bilan barcha takliflar umumlashtiriladi va shundan so‘ng bu boradagi aniq fikr aytiladi", — dedi suhbatdosh.

Uning qayd etishicha, umuman olganda dastur doirasida respublikada korrupsiyaga qarshi kurash borasida xorij tajribasiga ham asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qonunchilik aktlarini tahlil qilish va ularni takomillashtirish hamda mansabdor shaxslar orasida halol mehnat qilishni targ‘ib qiluvchi aniq takliflar kiritish bilan shug‘ullanuvchi korrupsiyaga qarshi muassasalararo komissiya tashkil etish rejalashtirilmoqda. Komissiya shuningdek, ushbu sohada mavjud bo‘lgan surunkali muammolarni aniqlash bilan ham shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda amaldorlar daromad deklarasiyasini to‘ldirishlari mumkin