22:37 / 26.01.2017
7 265

Toshkent aeroporti kengaytirilishi tufayli 1400 oila ko‘chiriladi

Toshkent aeroporti kengaytirilishi tufayli 1400 oila ko‘chiriladi

Toshkent aeroportining yangi terminali qurilishi munosabati bilan 540 uy xo‘jaliklarida istiqomat qilayotgan 1400 oilani boshqa joyga ko‘chirishga to‘g‘ri keladi, deb yozadi Sputnik agentligi.

“Toshkent-4” deb nom olgan yangi terminal ishga tushganidan keyin soatiga 1500 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi. Terminal binosi qanotini keng yoygan Xumo qushiga o‘xshagan bo‘ladi. Terminalda 36 samolyotga chiqish perronlari va 1700 ta avtomobil turar joyi bo‘ladi.

“Ko‘chirilayotgan oilalarni joylashtirish bilan Toshkent hokimiyati shug‘ullanadi. Ma’lum bo‘lishiga ko‘ra, har bir oilaga teng maydonli xonadon, er maydoni yoki mablag‘ beriladi. Hech kimning huquqi poymol qilinmaydi”, — dedi Anton Xodjayan.

Ushbu masala milliy aviakompaniya bosh direktori Valeriy Tyanning ham nazaridan chetda qolmadi.

“Ko‘chirilayotgan aholi “ha, men qoniqdim” deguniga qadar kompensasiya oladi. Yana bir muhim ma’lumot: bosh vazir loyihaning texnik-iqtisodiy asosini allaqachon imzoladi”, — dedi Tyan.

Eslatib o‘tamiz, yangi aeroport qurilishining umumiy narxi 430 million dollardan ortiq. Undan 200 mln dollari Janubiy Koreyaning “Eksimbank”i tomonidan ajratiladi.

Yangi aeroport terminali Janubiy Koreyaning Inchon aeroportida qo‘llanilgan texnologiyalar asosida quriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent aeroporti kengaytirilishi tufayli 1400 oila ko‘chiriladi