Joriy yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. 27 yanvar kuni Xorazm viloyatiga tashrif uyushtirgan Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.
Ayni vaqtda mazkur erkin iqtisodiy zona uchun er uchastkasi ajratilgan. U er muhandislik-kommunikasiya infratuzilmalari bilan ta’minlanmoqda.
Hozircha “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida yengil sanoat, mashinasozlik, elektrotexnika, farmasevtika, charm-poyabzallar va qurilish materiallari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 50 ta loyiha ishga tushirilishi mo‘ljallangan.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bu erdagi rejalar bilan tanishar ekan, sifat va muddatga e’tibor qaratish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, xorij investisiyalari va texnologiyalarni ham jalb etish kerakligi qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi