21:16 / 29.01.2017
8 421

Tirikchilik uchun kerak mablag‘ning eng kam miqdori hisoblanadi

Tirikchilik uchun kerak mablag‘ning eng kam miqdori hisoblanadi

O‘zbekistonda birinchi bor tirikchilik uchun kerak bo‘ladgan eng kam ish haqi miqdori hisoblab chiqiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

2017 yilning oxiriga qadar Respublikada "Eng kam miqdordagi ijtimoiy standartlar to‘g‘risida"gi qonun ishlab chiqariladi.

Yangi qonunda, yashash uchun kerak bo‘lgan mablag‘ning eng kam miqdori belgilanadi va ijtimoiy to‘lovlar miqdori aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Shuningdek, yangi qonunda insonning ta’lim, tibbiy yordam va turar joyga bo‘lgan ehtiyojiga alohida e’tibor beriladi.

Bunday huquqiy akt O‘zbekistonda birinchi bor qabul qilinmoqda. Qonun ishlab chiqaruvchilar guruhi tarkibiga moliya, Iqtisod, Mehnat, Sog‘liqni saqlash va Ta’lim vazirliklari mutaxassislari kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tirikchilik uchun kerak mablag‘ning eng kam miqdori hisoblanadi