20:23 / 30.01.2017
8 150

Respublika bo‘ylab Islom Karimov xotirasiga ehson marosimlari o‘tkazildi

Respublika bo‘ylab Islom Karimov xotirasiga ehson marosimlari o‘tkazildi

30 yanvar – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ehson dasturxoni yozilib, osh tarqatildi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov nafaqat odil va adolat davlat rahbari, balki butun dunyo tan olgan buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekistonning yangi tarixi asosichisi, hurriyat, ilm-fan va bunyodkorlik, tinchlik rahnamosi edi.

Islom Karimov rahbarligi davrida O‘zbekiston misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi. Paxtasi bilan tilga tushgan agrar mamlakat iqtisodiyoti, ishlab chiqarishi, ma’naviyatli yoshlari, ko‘plab sohalardagi yutuqlari bilan jahonga yuz tutdi. Eng tez rivojlanayotgan va eng tinch mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. Buning ortida ham Islom Karimov olib borgan odilona siyosat, uning donishmandligi, uzoqni ko‘zlab ish qilishi yotibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugun Islom Karimov boshlab bergan buyuk kelajak yo‘li uning izdoshlari, shogirdlari tomonidan munosib davom ettirilyapti. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi restoranlarda yozilgan ehson dasturxonalari atrofida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodga olinib, uning ezgu amallari, xalq farovonligi, yurt tinchligi uchun chekkan zahmatlari haqida suhbatlar bo‘ldi.

Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga borgani haqida xabar bergan edik. Davlat rahbari Toshkent va Samarqanddagi ehson marosimlarida ishtirok etdi. Unda Islom Karimov haqiga Qur’on tilovat qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Respublika bo‘ylab Islom Karimov xotirasiga ehson marosimlari o‘tkazildi