10 887
Namanganda mudhish qotillik: er xotini jazmanining qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, kanalga tashlab yubordi
Namangan shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro shar’iy nikohidagi ikkinchi xotini xiyonat qilgani bois qotillik sodir etdi, deb yozmoqda “Kun.uz”.
Qayd etilishicha, oilasi va to‘rt nafar farzandi bo‘lgan oliy ma’lumotli erkak yangi ishqiy sarguzasht istab, 1992 yilda tug‘ilgan Namangan shahrida yashovchi qiz bilan uchrashib yuradi, so‘ng uni shar’iy nikohiga oladi.
Biroq vaqt o‘tib ayol boshqa bir erkak bilan don olishib yurgani ma’lum bo‘ladi. Erkak xotinini yo‘ldan urgan shaxsdan qasos olishga ahd qiladi va 2015 yil 8 avgust kuni ayolining jazmanini do‘sti yordamida avval rosa do‘pposlab, so‘ng qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, Norin tumani hududidan oqib o‘tuvchi "Katta Andijon kanali"ga tiriklayin tashlab yuboradi. Jasad oradan bir hafta o‘tib, 2015 yil 16 avgust kuni kanalning Baliqchi tumanidan oqib o‘tuvchi qismidan topildi.
Gazetaning yozishicha, holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlarning tezkor xodimlari tomonidan zudlik bilan surishtiruv ishlariga kirishildi va ko‘p o‘tmay jinoyatchilar topildi. Aybdorlar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring