23:01 / 30.01.2017
9 126

Nosni olib kirish, qayta ishlash, tayyorlash va saqlash butunlay ta’qiqlangani ma’lum qilindi

Nosni olib kirish, qayta ishlash, tayyorlash va saqlash butunlay ta’qiqlangani ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona Ittifoqining Bojxona kodeksiga ham ushbu tashkilotga a’zo davlatlarning milliy qonunchiligiga muvofiq Belarus, Rossiya va Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan tamakining sochma turi – nosni olib kirish, qayta ishlash, tayyorlash va saqlash butunlay ta’qiqlanganini yana bir karra eslatib o‘tadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda. Mazkur tartiblarga rioya qilmagan jismoniy shaxslar o‘zlari bo‘lib turgan davlatning qonunchiligiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortilishadi va ish sudga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda birgina “Toshkent-Minsk” reysi bo‘yicha Belarusga borgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan mazkur yo‘nalishda 43 ta bojxona qoidabuzarliklari sodir etilgan va natijada 100 kg.dan ortiq nosning ushbu davlatga olib kirilishining oldi olingan.

Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan o‘zlari yo‘l olgan davlatning bojxona qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz. Bu bilan Siz nafaqat o‘zingizning balki, yurtimiz sha’nini ham himoya qilgan bo‘lasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nosni olib kirish, qayta ishlash, tayyorlash va saqlash butunlay ta’qiqlangani ma’lum qilindi