16:12 / 01.02.2017
8 200

Lola Karimova-Tillaeva jamg‘armasi 15 ming bolaga yordam berdi

Lola Karimova-Tillaeva jamg‘armasi 15 ming bolaga yordam berdi

O‘zbekistonda o‘n uchinchi bora o‘tkazilayotgan "Ijtimoiy inklyuziya: bolalar ijtimoiylashuvidagi yangi yo‘nalishlar" Xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi.

Anjumanning birinchi kunida "Sen yolg'iz emassan" respublika bolalar jamoatchilik jamg‘armasi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillaeva ijtimoiy inklyuziya mavzusiga bag‘ishlangan ma’ruzasini taqdim etdi. Unda xayriya tashkiloti va markaz faoliyati haqida bir qator ma’lumotlar keltirib o‘tildi. Ishtirokchilarga maxsus taqdimot namoyish etildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Lola Karimova-Tillaeva "Sen yolg'iz emassan" RJBJ va RBIMMda ota-ona qaramog‘isiz qolgan, imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan oila farzandlariga har tomonlama yordam berish masalasi bo‘yicha katta tajribaga ega ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, tashkilotlar faoliyati davomida 15000 bola manzilli yordam olgani aytib o‘tildi.

Anjumanda vazirlik rahbarlari, YuNISEF, YuNESKO, BMT Taraqqiyot dasturi tashkilotlari vakillari, qolaversa, Avstriya, Belarus, Germaniya, Isroil, Irlandiya, Italiya, Rossiya va Qozog‘iston kabi davlatlardan tashrif buyurgan ekspertlar ham ishtirok etishdi.

Ikki kun davomida o‘tkaziladigan tadbirda xorijiy mutaxassislarning ish tajribasi bilan yaqindan tanishish va ulardan kerakli maslahat hamda takliflarni olish, sohadagi yutuqlar haqida o‘zaro fikrlar almashish maqsad qilingan. Shuningdek, himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy inklyuziyasi borasidagi ishlarni rivojlantirishning aniq strategiyasi tuziladi.

Xalqaro konferensiya yakunida imkoniyati cheklangan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning qiziqishlari hamda imkoniyatlarini inobatga olgan holda ijtimoiy muhofaza qilish va integrasiyalash samaradorligini oshirish, ularni to‘laqonli mustaqil hayot kechirishi uchun kasbiy va jismoniy tayyorlash tizimi bo‘yicha kerakli tavsiyalar ishlab chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimova-Tillaeva jamg‘armasi 15 ming bolaga yordam berdi