20:17 / 01.02.2017
6 318

Shavkat Mirziyoyev Kanada Bosh vaziriga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Kanada Bosh vaziriga ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kanada Bosh vaziri Per Jeyms Tryudoga Kvebek shahrida sodir etilgan terrochilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lganligi munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabariga tayanib Qalampir.uz sayti yozmoqda.

Davlatrahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohat olganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini etkazib qo‘yishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, 29 yanvar kuni Kanadaning Kvebek shahridagi Islom madaniyat markazidagi masjidda otishma sodir etilgandi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi. 39 kishi otishmadan omon chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Kanada Bosh vaziriga ta’ziya bildirdi