10:54 / 03.02.2017
7 862

Ko‘zini ko‘z kosasidan chiqaradigan pokistonlik bola internetda ommalashib ketdi

Ko‘zini ko‘z kosasidan chiqaradigan pokistonlik bola internetda ommalashib ketdi

Pokistonlik 14 yoshli Ahmad Xon ismli o‘smir o‘zining antiqa qobiliyati evaziga internetda ommalashib ketdi. Gap shundaki, bola ko‘zini ko‘z kosasidan bir santimetr tashqariga chiqara oladi. Bola o‘zining "superqobiliyatini" namoyish qilgan video internet foydalanuvchilarni lol qoldirdi, deyiladi Kun.uz sayti xabarida.

"O‘tgan yili men nimadir qilib turib, qovog‘imga tekkanimda ko‘zim tashqariga chiqib ketdi. Men ko‘zimni shikastlab oldim deb o‘ylagandim, biroq keyinroq bu ziyon keltirmasligini tushundim", deb aytmoqda o‘smir.

Bola Pokistonda mashhur bo‘lib ketdi. Undan mahalliy telekompaniyalar bir necha marotaba intervyular olishgan. Xonning aytishicha, maktabdoshlari uning antiqa qobiliyati sababli undan hayiqib turishadi. Hozirda o‘smirda maqsad paydo bo‘ldi – u o‘z qobiliyati bilan Ginness rekordlar kitobidan joy olmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘zini ko‘z kosasidan chiqaradigan pokistonlik bola internetda ommalashib ketdi