21:19 / 03.02.2017
7 417

Hindistonda ayol boshidan tirik suvarakni chiqarib olishdi

Hindistonda ayol boshidan tirik suvarakni chiqarib olishdi

Hindiston janubidagi Chennai shahrilik tibbiyotchilar ayol boshidan suvarakni chiqarib olishdi. Ma’lum bo‘lishicha, hasharot tirik bo‘lgan, deb yozadi Kun.uz sayti.

42 yoshli ayol burni qichishi tufayli yarim kechasi uyg‘onib ketgan. Keyinchalik u nafas olishga qiynalayotganini sezib, mahalliy kasalxonaga yordam so‘rab murojaat qilgan. Tibbiyot xodimlari to‘rtinchi urinishdan so‘ng bu holatga nima sabab bo‘layotganini aniqlashdi. Mutaxassislar ayolning boshi ichida hasharotni topishgan.

Mahalliy tibbiyotchilarning xabar berishicha, bemor boshiga burun orqali kirib olgan suvarak bosh miyaga juda yaqin joy – qansharida bo‘lgan. Uni chiqarib olish jarayoni 45 daqiqani talab etdi.

“Bu mening 30 yillik tajribam davomidagi birinchi shunday holat”, - dedi jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan shifokor. Uning ta’kidlashicha, u burun bo‘shlig‘idan tugmalar, munchoqlar, bo‘r va hattoki bir bor zulukni ham chiqarib olgan ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hindistonda ayol boshidan tirik suvarakni chiqarib olishdi