07:54 / 04.02.2017
7 664

Oliy Majlis deputatlari uyma-uy yurib, aholi bilan muloqotda bo‘lmoqda

Oliy Majlis deputatlari uyma-uy yurib, aholi bilan muloqotda bo‘lmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan Oliy Majlis palatalariga hududlardan saylangan deputatlar va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, hokimiyat idoralari, prokuratura va ichki ishlar bo‘limining faoliyatini puxta o‘rganib, tahlil qilishi hamda tegishli xulosa berishi va shu asosda Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi mahalliy Kengashlarda muhokamalar o‘tkazish tizimini joriy etish borasida takliflar bergan edi. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.

Shundan kelib chiqib, ayni kunlarda Oliy Majlis deputatlari tumanlarda aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan o‘rtoqlashmoqda, tashkilot va idoralarga borib, mavjud holatni o‘rganmoqdalar. Bunday qizg‘in muloqotlar chog‘ida tumanlarda iqtisodiy infratuzilmani hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi bandligini kafolatlash masalalari diqqat e’tiborda bo‘lmoqda.

Chunonchi, Surxondaryo viloyatidan saylangan 10 nafar parlament a’zolari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov Denov tumanida bo‘lib, fuqarolar bilan muloqotlar o‘tkazmoqda. Ular dastlab tumanning “Bobodehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatining oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bozorlardagi narxi bilan tanishar ekan, aholining bozorni kengaytirish, sotuvchilar va xaridorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish borasidagi takliflariga e’tibor qaratishdi.

Parlament a’zolari Denov shahridagi “Hunarmandlar” bozorida ham bo‘lishdi. Bu erdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Tumandagi ijtimoiy ob’ektlar faoliyati ham o‘rganildi. Jumladan, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “G‘alaba” qishloq vrachlik punktida tibbiyot xodimlari bilan muloqot chog‘ida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasi va sifati, QVP faoliyatining holati, kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, aholining patronaj xizmatiga qamrab olinganlik darajasi, tibbiyot muassasasini dori-darmon bilan ta’minlanganlik holati kabi masalalar tahlil qilindi. Aholining sifatli tibbiy xizmat olishini kafolatlash, ona va bola salomatligini yanada mustahkamlash borasida aholini o‘ylantirayotgan masalalar bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy Majlis deputatlari uyma-uy yurib, aholi bilan muloqotda bo‘lmoqda