09:13 / 04.02.2017
6 689

Mirziyoyev: Sergelidagi metro loyihasi O‘zbekistonda yagona

Mirziyoyev: Sergelidagi metro loyihasi O‘zbekistonda yagona

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish doirasida Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida olib borilayotgan qurilish ishlarini borib ko‘rdi. Bu haqda "Sputnik" nashri xabar qilmoqda.

Davlat rahbari qurilish ishlari bilan tanishar ekan, bu loyiha O‘zbekiston tarixida yagonaligini alohida ta’kidladi. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida bekatlar ustining yopiq bo‘lishi, poezdlar qatnovida uzilishlar bo‘lmasligi kerakligini qayd etib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, metropolitenning Sergeli yo‘nalishi avvalgilaridan farqli tarzda er ustidan o‘tadi. Qurilish ishlari 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan mazkur yo‘nalishning uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etadi. U to‘liq ishga tushishi bilan bir yilda 14 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev: Sergelidagi metro loyihasi O‘zbekistonda yagona