11:37 / 04.02.2017
6 475

Xitoylik fuqaro kichik er uchastkasini deb 5 nafar qo‘shnisini pichoqladi

Xitoylik fuqaro kichik er uchastkasini deb 5 nafar qo‘shnisini pichoqladi

Bugun, 4 fevral kuni Xitoyning Xanan provinsiyasida dahshatli qotillik sodir etildi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, ushbu provinsiyada istiqomat qiluvchi fuqaro kichik er uchastkasi sabab, qo‘shnilari bilan janjallashib, jahl ustida qo‘liga pichoq olgan va ulardan 3 tasini pichoqlab tashlagan. Shu bilan birga, ko‘ngilsizlikda qatnashgan yana 4 kishi jarohatlangan.

Zudlik bilan shifoxonaga etkazilib, hayotini saqlab qolish uchun kerakli choralar ko‘rilganiga qaramay, jarohatlanganlarning 2 nafari olamdan o‘tdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bo‘lib o‘tgan ishdan so‘ng qotil o‘z joniga ham qasd qilmoqchi bo‘lgan. Biroq u polisiya tomonidan hibsga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoylik fuqaro kichik er uchastkasini deb 5 nafar qo‘shnisini pichoqladi