10:26 / 01.05.2015
8 538

Pepsi tarkibidan xavfli shirin ta’m beruvchi modda olib tashlanadi

Pepsi tarkibidan xavfli shirin ta’m beruvchi modda olib tashlanadi

Pepsi ichimligini ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z mahsuloti tarkibidan shirin ta’m beruvchi aspartam (E951) moddasini olib tashlashga qaror qildi. Bunga ko‘plab iste’molchilardan tushgan shikoyatlar sabab bo‘lgan. Unga ko‘ra, ushbu modda inson organizmiga aks ta’sir ko‘rsatadi, deb yozadi Kun.uz.

Italiyalik mutaxassislar 2005 yilda bu borada tajriba o‘tkazishgan va unda ko‘plab kemiruvchilarga oz miqdorda aspartam dozasini berishgan.

Buning natijasida deyarli barcha kemiruvchilarda onkologik kasalliklar kelib chiqqan. Biroq AQShlik mutaxassislar bu ma’lumotni rad etishdi hamda yuzdan ortiq tajribalar o‘tkazishgani va ularning barchasi ijobiy natija qayd etganini ma’lum qilishgan.

Shuni ta’kidlash lozimki, aspartamdan foydalanishga 1980 yildan beri ruxsat berilgan. U nafaqat pepsi-kola, balki boshqa ko‘plab saqich va quruq nonushtalar tarkibiga ham qo‘shiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pepsi tarkibidan xavfli shirin ta’m beruvchi modda olib tashlanadi