13:22 / 05.02.2017
6 432

Avtomashina egasi ehtiyotsizligi oqibatida o‘g‘riga uchradi

Avtomashina egasi ehtiyotsizligi oqibatida o‘g‘riga uchradi

2017 yilning 9 yanvar kuni soat 21:00da Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Navbatchilik qismiga Shamurzaev Ramazan qo‘ng‘iroq qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan Daewoo Nexia Sohs 150 rusumli avtomashinasi Yunusobod tumanining 18-dahasidan olib qochilganligi to‘g‘risida xabar beradi.

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, avtomashina Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan topilib, avtomashinani S.B. olib qochganligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Hozirgi kunda dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, S.B. ga nisbatan Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi, ya’ni transport vositasini olib qochish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda yana bir mulohaza. Sir emas g‘araz niyatli kishilar mulk egasining beparvoligidan, albatta, samarali foydalanadilar. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, transport vositalarini o‘g‘irlash asosan, avtomobil egalarining ayblari bilan sodir bo‘lmoqda. Ko‘pchilik haydovchilar kalitni o‘t oldirish moslamasida qoldirib, mashina eshigini o‘zini qulflab yoki bo‘lmasa, masofadan boshqarish qurilmasi – mejikar orqali yopib ketmoqdalar. Bu ham transport vositasini olib qochish uchun qulay sharoit hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yuqoridagi holatda ham avtomashina egasi kalitni o‘t oldirish moslamasida qoldirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomashina egasi ehtiyotsizligi oqibatida o‘g‘riga uchradi