O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillaeva The Best Award mukofoti bilan taqdirlandi, deb yozadi Kun nashri.
Taqdirlash marosimi Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tgan. Lola Karimova-Tillaevaga mukofot ko‘p yillik xayriya faoliyati, shuningdek Evropada O‘zbekiston madaniyati va san’atini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi.
The Best Award har yilgi mukofoti 1977 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, uni turli yillarda Karl Lagerfeld, Umar Sharif, Endi Uorxol, Mari-Xelen de Rotshild kabi mashhur insonlar qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, Lola Karimova-Tillaeva O‘zbekistonda ikkita yirik xayriya tashkiloti – “Sen yolg‘iz emassan” fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi rahbari sanaladi. Ular ota-ona qaramog‘isiz qolgan va imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi