7 861
Hindistonda kobra bilan selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smir uning chaqishidan halok bo‘ldi
Hindistonning Mumbay shahrida tabiat himoyachisi Somnat Mxatre kobra bilan selfiga tushish vaqtida uning chaqishidan halok bo‘ldi. O‘smir kobrani boshidan o‘pmoqchi bo‘lgan. Bu haqda «Daily Mirror»ga tayanib «Kun» xabar berdi.
O‘smir volontyor bo‘lib, ilonlarni qutqarish va parvarishlash bilan shug‘ullangan. 18 yoshli o‘smir yuzlab ilonlarni o‘limdan saqlab qolgan, biroq o‘zini ulardan saqlay olmadi.
O‘smirning tanishi aytishicha, Mxatre avtomobil g‘ildiragi ostida topilgan kobrani xavfsiz joyga etkazishi kerak bo‘lgan. Ilon qutqarilgandan keyin, yigit uni yuzi yoniga olib kelib, boshidan o‘pib selfiga tushmoqchi bo‘lganda ilon uning ko‘kragidan chaqib olgan.
O‘smir tezda shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar 5 kun davomida uning hayoti uchun kurashganlar, biroq o‘smir vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring