08:03 / 08.02.2017
10 221

Yonib ketgan "Manas" restorani qachon ochilishi ma’lum qilindi

Yonib ketgan "Manas" restorani qachon ochilishi ma’lum qilindi

Biroz avval, Toshkentning Usmon Nosir ko‘chasida joylashgan "Manas" restoranida yong‘in chiqqani, restoranning asosiy qismi yonib kul bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Restoran ma’muriyati ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan suratlar va gap-so‘zlarga izoh berdi, deb yozmoqda "Qalampir" sayti.

"Ha, bu haqiqat. Bizning sevimli restoranimiz yonib ketdi. Muhimi shundaki, hech kim jabr ko‘rmadi. "Manas" faqatgina bino emas, bu bizning jamoa, mana shu tashvish birlashtirgan oilamiz. Binoni o‘z holiga qaytarish qiyin emas. Tez kunlarda restoranimiz ochilishi haqida ma’lum qilamiz", deb yoziladi restoranning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Hozirgacha yong‘in nima sababdan kelib chiqqani haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Olovni bartaraf etish uchun 7 ta o‘t o‘chirish mashinasi safarbar etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yonib ketgan "Manas" restorani qachon ochilishi ma’lum qilindi