Juda ko‘p sport turlari, jumladan, futbol o‘yiniga ham pul tikib, buni qimor ko‘rinishiga olib kelish holatlari uchrab turadi. Bu ish qay darajada to‘g‘ri? Ana shunday mavzuga oid savol bilan muxlis.uz saytiga murojaat qilingan, deb yozadi Kun nashri.
Savolda shunday deyiladi?
“Assalomu alaykum. Ayni damda men xorijdaman. Bu erda futbol o‘yinlariga pul tikib, bahslashadigan kafelar mavjud. Tashrif buyuruvchilarning har biri, albatta, bu bahsda ishtirok etadi. Yutgan mehmon kassadan belgilangan foizda o‘z yutug‘ini oladi. Shariatimizda bunday narsalarga qanday qaraladi?”.
Ushbu savolga «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li javob qaytargan.
“Va alaykum assalom. Ma’lum shartlarga ko‘ra, futbol o‘ynash va tomosha qilish joiz. Lekin turli klublarga pul tikish – qimor hisoblangani uchun – joiz emas. Uning ortidan topilgan pul harom sanaladi.
Xullas, shariatda futbol jamoalariga pul tikishga ruxsat etilmaydi. Musulmon odam bunday noshar’iy ishlardan yiroq yuradi, bilmaganlarga aytib, ogohlantirib qo‘yadi”. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Putinning navbatdagi olti yillik boshqaruvi Rossiya va dunyoga nima olib keladi?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
O‘tkir tomoq og‘rig‘ining kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish usullari
Ekspert: Putinning saylovdagi g‘alabasi O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlaydi
Putinning ishonchli vakiliga suiqasd qilishga urinish bo‘ldi
Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi