19:24 / 08.02.2017
8 019

Toshkentdagi yirik qurilish mollari bozorida yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi yirik qurilish mollari bozorida yong‘in yuz berdi

8 fevral kuni Toshkent shahrining Jomiy ko‘chasida joylashgan qurilish mollari bozorida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bozordagi do‘konlardan birida chiqqan yong‘in boshqa savdo do‘konlariga ham tarqagan. Taxminan 5 yoki 6ta do‘kon yonib ketgani aytilmoqda.

Hodisa yuz bergan joyga o‘t o‘chirish xizmati etib kelgan. Yong‘in butunlay bartaraf etilgani aytilgan.

Hozircha yong‘in kelib chiqishiga aynan nima sabab bo‘lgani va hodisa oqibatida jarohatlanganlar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi yirik qurilish mollari bozorida yong‘in yuz berdi