O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 9-fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi, deb yozadi Kun nashri.
Unda aytilishicha, tumandagi "Yangi shahar" va "Yangi Yunusobod" ko‘chalari chorrahasida haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvidagi "Spark" rusumli hamda haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan I.I. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ushbu hodisa natijasida 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 4 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida mazkur yo‘l-transport hodisasiga "Spark" avtomashinasi haydovchisi "Yo‘l harakati qoidalari" talablarini qo‘pol ravishda buzib chorrahaga katta tezlikda kirib kelganligi oqibatida yo‘l transport hodisasi kelib chiqqanligi aniqlandi, deyilgan xabarda.
Bundan avvalgi xabarlarda ushbu YTH oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani haqida aytilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?