10:55 / 11.02.2017
8 101

AQShda fanga ma’lum bo‘lmagan suv mahluqi topildi

AQShda fanga ma’lum bo‘lmagan suv mahluqi topildi

Yaqinda floridalik bir baliqchi Stiv Bargeron baliq ovlash vaqtida qarmog‘iga baliq o‘rniga uzunligi yarim metrdan kattaroq keladigan notanish suv mahluqini ilintirgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Stiv bu jonzotni yovvoyi tabiatni muhofaza qiluvchi mutaxassislarga ko‘rsatgan. Olimlar bir qator tadqiqotlar o‘tkazib, bu jonzotning turini aniqlay olishmagan. Biroq ba’zi mutaxassislar bu g‘ayrioddiy jonzotni beshiktebratar qisqichbaqalarning bir ko‘rinishi deb taxmin qilmoqdalar. Biroq shunga qaramay, bu erda tavofut bor, chunki bu turdagi jonzotlarning uzunligi 30 sm dan oshmaydi, Stiv tutib olgan jonzotning uzunligi esa 50 sm dan kattaroq. Shuning uchun ham uni noyob deb hisoblash mumkin.

Beshiktebratar qisqichbaqalar eng yirik umurtqasiz yirtqichlar hisoblanib, ularning asosiy quroli kuchli tirnoqlari hisoblanadi. U tirnoqlari bilan akvariumdagi oynani teshib yubora oladi. Fanga 4 mingga yaqin bunday qisqichbaqalar turi ma’lum va ular bir-birlaridan faqat ranglari bilan farq qiladi. Bu tur vakillari juda yaxshi xotiraga ega va o‘z "tanishlarini" hididan taniy oladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQShda fanga ma’lum bo‘lmagan suv mahluqi topildi