Toshkent shahar Yunusobod tumani IIBga Hasanboy mahallasida yashovchi fuqaroning uyiga noma’lum shaxs yashirin ravishda kirib, ko‘p miqdordagi pullari, 4 turdagi sariq metaldan yasalgan uzugi, 3 dona sariq metaldan yasalgan soatini o‘g‘irlab ketganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.
Unda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari o‘g‘ri uyga kirish eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirganligini aniqlashdi.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish va jabrlanuvchining qo‘ni-qo‘shnilari bilan olib borgan surishtiruvlar jarayonida gumonlanuvchilarning iziga tushildi va ular tezda qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, ushbu o‘g‘irlikni shu tumanda yashovchi - 1991, 1992 va 1994 yilda tug‘ilgan yigitlar sodir etishgan ekan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi