18:42 / 11.02.2017
7 870

Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyev olqishiga sazovor bo‘ldi

Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyev olqishiga sazovor bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidentini tabrikladi, deb xabar qildi Sputnik nashri.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 12-dekabrni Xalqaro betaraflik kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi Rezolyutsiya qabul qilinishi munosabati bilan chin dildan tabriklab maktub yo‘lladi", — deyiladi xabarda.

Maktubda "ushbu qaror, hech bir mubolag‘asiz, tarixiy ahamiyatga ega voqea bo‘ldi. Shaxsan Siz tomoningizdan ilgari surilgan tashabbusni jahon hamjamiyatining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullanishi xalqaro sahnada Turkmanistonning yuqori mavqega ega ekanligini, bizning keng mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik va izchil rivojlanishni ta’minlashda Sizning xizmatlaringiz va hissangizni barcha tomonidan tan olinishini yaqqol ko‘rsatdi", degan so‘zlar qayd etilgan.

O‘zbekiston rahbari O‘zbekistonda Turkmaniston bilan do‘stlik va qo‘shnichilik munosabatlari alohida qadrlanishini aytgan. "Bizning davlatlarimiz xalqaro siyosat va mintaqaviy barqarorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha umumiy yoki o‘xshash pozisiyaga ega", — deyiladi maktubda.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sog‘lik, mas’uliyatli davlat ishlarida yangi zafarlar, Turkmaniston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va yanada ravnaq topishni tiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyev olqishiga sazovor bo‘ldi