17:06 / 14.02.2017
7 787

Ikki kun ichida Toshkentda sodir bo‘lgan 4 ta YTH xaqida xabar berildi

Ikki kun ichida Toshkentda sodir bo‘lgan 4 ta YTH xaqida xabar berildi

Kecha, 13 fevral kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari tomonidan ikki kun ichida Toshkentdagi turli hududlarda sodir bo‘lgan YTHlarning suratlari joylashtirildi, deb yozadi Qalampir.uz.

Suratlar va izohlardan YTHlar “G‘alabaning 40 yilligi ko‘chasi”dagi AYoQShning yonida, TTZ hududidagi katta avtombil yo‘lida, Algoritm dahasi, Toshkent katta halqa yo‘lida sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Xususan, “G‘alabaning 40 yilligi ko‘chasi”dagi AYoShQning yonida Jiguli rusumli avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida jabrlanganlar haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Biroq, guruh qatnashchilari orasida ushbu postdan so‘ng bahs kelib chiqdi.

Guruh ishtirokchilarining bir qismi “Voditeli Tashkenta” guruhiga bunday suratlarni joylashtirmaslikni, birovning g‘amini tarmoqda yoymaslikni talab qilishdi. Shu bilan birga yangi “Dahshatli YTHlar” guruhini ochishni va shu kabi YTHlar aks etgan postlarni o‘sha guruhga joylash taklifini berishdi.

Bahs ishtirokchilarining ikkinchi qismi esa bunday post va suratlar guruh a’zolarini, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ogohlikka chaqirib turishini va YTHlar aks etgan suratlarni joylashtirish foydali ekanini bildirishdi.

Oradan bir necha soat o‘tib, YTH suratlari aks etgan postlarning uchtasi o‘chirib tashlandi.

Ular orasida TTZ hududidagi avtomobil yo‘lida Matiz avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan YTH haqidagi post mavjud, xolos. Guvoh YTH kecha, 13 fevral kuni, soat 22:30 da sodir bo‘lganini yozib qoldirgan.

YTHda jarohatlanganlar haqida ma’lumot mavjud emas. Bu kabi xabarlar nafaqat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar orasidagi haydovchilarni, balki yo‘lovchilarni ham ogohlikka chaqiradi.

Fikrimizcha, bu YTHlar kun davomida O‘zbekiston bo‘ylab sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining bir nechtasi, xolos. Shunday ekan, ehtiyotkorlikni qo‘ldan boy bermaylik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki kun ichida Toshkentda sodir bo‘lgan 4 ta YTH xaqida xabar berildi