Hindistonning Haydarobod shahri aeroportida mahalliy fuqaro to‘g‘ri ichagida 1,2 kilogramm oltinni olib o‘tishga harakat qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda Kun xabar berdi.
Bojxona xodimlarida Singapurdan uchib kelgan shaxsning noodatiy qadam tashlashi shubha uyg‘otgan. Tintuv jarayonida esa yo‘lovchidan 800 gramm tilla topildi – u nur diodli lampochkalar ichida berkitib qo‘yilgan bo‘lgan. Shundan so‘ng bu shaxsni rentgendan o‘tkazishga qaror qilindi. Skaner esa uning to‘g‘ri ichagida 12ta oltin yombisi borligini ko‘rsatdi.
Qo‘lga olingan shaxsda umumiy hisobda ikki kilogramm qimmatbaho metal topildi. Ularning taxminiy qiymati 87 ming dollar atrofida.
Rajiv Gandi nomidagi aeroport vakili qo‘lga olingan shaxs tilla olib o‘tish bo‘yicha tajribali jinoyatchi ekanini bildirgan. «Kamdan-kam kam odam to‘g‘ri ichagida oltin yombilarni olib o‘tishga harakat qiladi», - deya ta’kidlab o‘tgan ekspert.
Ma’lumki, Hindistonda tilla Singapur yoki Dubayga qaraganda qimmatroqqa baholanadi. Bu esa uni kontrabanda uchun yaxshi nishonga aylantiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?