17:54 / 16.02.2017
5 823

Er-xotin 45ta smartfonni qo‘shni davlatdan noqonuniy olib kirishga urinishdi

Er-xotin 45ta smartfonni qo‘shni davlatdan noqonuniy olib kirishga urinishdi

Farg‘ona viloyati bojxonachilari er-xotindan 45ta berkitilgan smartfonni topishdi, deb yozmoqda Kun sayti.

Sodiqovlar oilasi O‘zbekistonga “Neksiya” avtomobilida qo‘shni mamlakatdan kirib kelayotgan edi. Bojxonachilar haydovchi va yo‘lovchidan avtomobilni ko‘zdan kechirish uchun salondan chiqishni so‘rashgan.

Ularni ko‘zdan kechirish chog‘ida esa beshta modifikasiyadagi qiymati 34,5 million so‘m bo‘lgan 45ta smartfon topildi. Sodiqovlar uyali aloqa vositalarini bellariga bog‘lab olgancha, qo‘shni davlatdan olib kirishga urinishgan.

Shuningdek, poytaxt aeroporti bojxonachilari “Seul-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro Bahromovning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yishdi. Ushbu shaxs ham bojxona nazoratidan yashirgancha 3 turdagi 35 dona qo‘l telefonini olib kirishni ko‘zlagan edi. Ammo bu reja o‘z vaqtida chipakka chiqarildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Er-xotin 45ta smartfonni qo‘shni davlatdan noqonuniy olib kirishga urinishdi