11:25 / 17.02.2017
9 256

Obid Asomov "kambag‘alning hovlisi" haqida

Obid Asomov "kambag‘alning hovlisi" haqida

Qiziqchi Obid Asomov yaqinda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga keltirilgan Boeing-787 samolyotida parvoz qildi.

U o‘zining samolyot haqidagi taascurotlarini muxlislari bilan o‘rtoqlashdi:
“Nasib qilsa quliga chiqarib qo‘yar yo‘liga! Mana yangi 787-boing samolyotida uchish ham nasib qildi! O‘ziyam kambag‘alni hovlisidek kelarkan! Bemalol futbol o‘ynasa bo‘ladi! Bir so‘z bilan aytganda gap yo‘q! “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi men sizlar bilan faxrlanaman!”
Hozircha Obid Asomov qaysi mamlakatga jo‘nab ketganligini irimchiligi sababli sir tutgan. “Qo‘nib olay, keyin yozaman” deya javob berdi u 2 soat oldin o‘z sahifasiga joylagan postiga.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga olib keltirilgan birinchi “Boeing-787-8 Dreamliner” samolyotining tijorat ekspluatasiyasi 5 sentyabrda boshlandi. Xalqaro yo‘nalishdagi ilk parvozi 9 sentyabrda Olmaota shahriga amalga oshirildi. Bugungi kunda ushbu samolyot Olmaota, Dubay, Dehli, Istanbul, Tel-Aviv, Moskva va boshqa yo‘nalishlarda parvoz qilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Obid Asomov "kambag‘alning hovlisi" haqida