Banklar plastik kartochkadagi pulga 9 foizlik kapitalizasiya berishidan xabaringiz bormi?

  • 18 fevral 2017, 15:34
  • 7 556
  • Jamiyat
  • Banklar plastik kartochkadagi pulga 9 foizlik kapitalizasiya berishidan xabaringiz bormi?

    Avvalo, kapitalizasiya nima? Plastik kartalardagi mablag‘lar qoldig‘iga har oyda foiz hisoblash – bu kapitalizasiya. Mahalliy banklar (hammasi emas) tomonidan u yiliga 9 foiz miqdorida amalga oshiriladi. Nega 9 foiz? Bu Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladigan qayta moliyalashtirish stavkasi.

    Banklar tomonidan kapitalizasiya hisoblab yozish har bir kalendar kun yakuniga qoldiqlar bo‘yicha avtomat rejimida amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘lar mijoz kartasiga esa aksariyat banklar tomonidan har oyda, ba’zilari tomonidan yil yakuniga ko‘ra o‘tkaziladi, deb yozadi Qalampir nashri.

    Agar fuqarolarda turli banklardan bir nechta plastik karta bo‘lib, ularning birini “aqchadon” qilmoqchi bo‘lsa, albatta, yillik 9 foiz kapitalizasiya keltiradiganini tanlagan ma’qul. Bank depozit mahsulotlari (jumladan, plastik kartalar bo‘yicha) 9 foizdan ko‘proq daromad keltirishi hech kimga sir emas. Ammo, depozit hisob varag‘i, qoidaga ko‘ra, “muzlatilgan” bo‘ladi. Ya’ni undagi mablag‘larning omonat muddati tugaguniga qadar ishlatib bo‘lmaydi. Qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha kapitalizasiya kartaning butun amal qilish muddati mobaynida amalga oshiriladi va undagi mablag‘lardan istalgan vaqtda cheklovlarsiz foydalanish mumkin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilinishi bilan pensiyalarni plastik kartalarga o‘tkazish to‘xtatildi. Ba’zi banklarda bizga tushuntirishlaricha, pensiyalarni karta orqali olishni istovchi pensionerlar tegishli ariza bilan yangitdan yashash joylaridagi Pensiya bo‘limiga murojaat etishlari darkor, keyin esa kartani chiqargan bankka yoki boshqa bankka murojaat qilinadi.

    Bunda banklar tomonidan muqaddam ochilgan pensiya plastik kartalaridagi mablag‘lar bo‘yicha kapitalizasiya davom ettiriladi. Chunki ularda mablag‘lar qoldig‘i bo‘lishi mumkin. Ba’zi banklar pensiya loyihalari bo‘yicha kapitalizasiya to‘xtatilishini ma’lum qilishdi, boshqalarining vakillari mazkur savolni sharhlashga qiynalishdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Banklar plastik kartochkadagi pulga 9 foizlik kapitalizasiya berishidan xabaringiz bormi?