Pridnestroveda eski AK-47 rusumli o‘quv avtomati qayta ochilganda, uning ichidan Afg‘on urushidan egasiga etib bormagan xat topib olind, deb xabar beradi Qalampir.uz.
Tan olinmagan davlatning Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qurolni sochish paytida qo‘ndoq ichidagi penal bir nimaga qisilib turganini payqab qolishgan. Ehtiyotkorlik bilan uni olib ko‘rishganda, bu 33 yil avval podpolkovnik Yakovenko va kapitan Jozlotin Afg‘onistondan turib yozgan xat ekani ma’lum bo‘ldi.
“Harbiy qism komandiriga. Shindond tumani - 110 dux. Ochiq matn bilan yozaman – biz qurshab olindik, kurashishga ortiq kuchimiz qolmadi. Kimki bu avtomatni topib olsa, maxfiy xabarni SSSR Bosh shtabiga etkazsin. Rota komandiri podpolkovnik Yakovenko va komandir o‘rinbosari kapitan Jozlotin. 23.06.1983 yil. 16:00”, deyiladi xatda.
Afsuski, xat Bosh shtabga etib bormagan bo‘lsa kerak. Hozircha bu shaxslarning keyingi taqdiri nima bilan tugagani hech kim bilmaydi. Voqeaga oydinlik kiritish maqsadida Rossiya Afg‘on jangchi veteranlar uyushmasiga rasmiy so‘rovnoma yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi