Federal xavfsizlik xizmati hay’ati yig‘ilishida nutq so‘zlagan prezident Vladimir Putin chet el maxsus xizmatlari Rossiyada faol ish olib borishga urinayotganini ta’kidladi, deb xabar beradi Hilol.uz sayti.
Putin Rossiya kontrrazvedka organlari hushyor bo‘lishlari kerakligini uqtirdi.
Uning aytishicha, chet el maxsus xizmatlari Rossiyada faol ish olib borishga harakat qilmoqda. O‘tgan yili chet el maxsus xizmatlarining 53 nafar muntazam xodimi va 386 nafar agentining faoliyatiga chek qo‘yilgan.
“Xorij maxsus xizmatlarining yopiq ma’lumotlar, eng avvalo, harbiy-texnik sohadagi salohiyatimizga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urinishlarini bartaraf etish muhimdir”, – dedi Rossiya rahbari.
Shuningdek, Vladimir Putin davlat siri hisoblanuvchi ma’lumotlarni himoyalash tizimini takomillashtirish zaruratiga e’tibor qaratdi.
Uning qayd etishicha, o‘tgan yili Rossiyaning davlat axborot resurslariga kompyuter hujumlari soni 3 baravar ortgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?