20:21 / 20.02.2017
6 592

Egasi bilan panjasini silkitib so‘rashadigan kaltakesak yulduzga aylandi

Egasi bilan panjasini silkitib so‘rashadigan kaltakesak yulduzga aylandi

Egasiga old panjasini silkitib so‘rashadigan kaltakesak internet yulduzga aylandi. Ushbu holat tasvirlangan video 17 fevralda YouTube’dagi Thehypnoguy1 kanalida joylashtirilgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Kaltakesak egasi sevimli jonzotini qo‘lini silkitib qarshilaydi. Kaltakesak esa egasining harakatlariga monand panjasini silkitib unga javob beradi. "Mana mening kaltakesagim unga qo‘l silkitganimda nima qiladi", deyilgan rolik nomida.

Video uch kun ichida 160 mingdan ko‘proq namoyish to‘plashga ulgurdi. Rolik ostida qoldirilgan izohlarda foydalanuvchilar sudralib yuruvchi jonzotning bu qobiliyatidan hayrat bildirishgan va uning egasidan kaltakesakni bunga o‘rgatish uchun qancha vaqt talab qilingani bilan qiziqib ko‘rishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Egasi bilan panjasini silkitib so‘rashadigan kaltakesak yulduzga aylandi