12:06 / 21.02.2017
9 228

Olimlar: negativ xotirani o‘chirib tashlasa bo‘ladi

Olimlar: negativ xotirani o‘chirib tashlasa bo‘ladi

Kanadalik olimlar noxush xotiralarni o‘chirish mumkinligini isbotladi. Tibbiyotchilar fikricha, kelajakda bu usul yordamida narkomaniya yoki ruhiy zarbadan aziyat chekuvchilarni davolash mumkin, deb yozmoqda Sof.yz sayti.

Kalamushlarni o‘rganish mobaynida tadqiqotchilar miyaning muayyan ma’lumotni saqlashga mas’ul hujayralarini aniqlashdi. Bu haqda Bostondagi konferensiyada professor Shina Joslin so‘zlab berdi. Ma’lum tovushli signaldan keyin kemiruvchilarga elektr toki zarbasi berib o‘rgatilgan. Biroq miyaning tegishli uchastkasining faolligi to‘xtatilgach, jonivorlar befarq bo‘lib qolgan. Miyaning xotira markazlariga takror stimulyasiya berilishi natijasida hayvonlarning xotirasi tiklanib, xavfni yana his eta boshlagan.

Professorning aytishicha, bu usul tirik mavjudotlarning muayyan xotiralarini yoqib yoki o‘chirib qo‘yish imkonini beradi. Ammo axloqiy sabablar tufayli olimlar buni insonda sinab ko‘rishni istamadi va bu amaliyotni kelajakka qoldirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar: negativ xotirani o‘chirib tashlasa bo‘ladi