20:51 / 21.02.2017
7 122

Millionerlar qaysi mamlakatlarga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘rishmoqda?

Millionerlar qaysi mamlakatlarga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘rishmoqda?

BAA badavlat kishilarni ohanrabodek tortishi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Bu haqda Gulf News'ga tayanib Kun.uz yozmoqda.

New World Wealth hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili BAAga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tgan millionerlar soni yanada oshgan - 2015 yilda BAAga 3 000 badavlat kishi ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 5 000 nafarni tashkil qilgan.

"BAAdagi past soliq stavkalari va yuqori darajali xavfsizlik serdaromad jismoniy shaxslarni o‘ziga jalb qiladi. Shuningdek u tezkor sur’atlarda o‘suvchi bir necha sohalarga ham ega - moliyaviy xizmatlar, texnologiyalar, sog‘liqni saqlash va ommaviy axborot vositalari shular jumlasidandir", - dedi New World Wealth tahlilchisi Endryu Emoyls.

BAAga ko‘chib o‘tayotgan millionerlarning aksariyati ko‘plab badavlat kishilarni o‘zida jamlagan Turkiyadan kelmoqda, bunga 2016 yil davomida mamlakatda kuzatilgan turli muammolar sabab bo‘lgan.

Butun dunyo miqyosida esa millionerlar oqimi harakatlanayotgan asosiy mamlakat Avstraliya bo‘lib qolmoqda. U Amerika Qo‘shma Shtatlari va Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya) kabi an’anaviy yo‘nalishlarni ortda qoldirgan.

New World Wealth ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda Avstraliyaga 11 000, AQShga 10 000 va Britaniyaga 3 000 millioner ko‘chib o‘tgan.

"Avstraliya dunyodagi eng yaxshi sog‘liqni saqlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlardan biri. Shuningdek uning joylashuvi Xitoy, Hongkong, Koreya, Singapur, Vetnam va Hindiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda biznes yuritish uchun qulaydir", - deya izohlandi New World Wealth hisobotida.

2016 yilda millionerlar ko‘chib o‘tgan etakchi davlatlar qatorida shuningdek Kanada va Yangi Zelandiya nomlari ham qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Millionerlar qaysi mamlakatlarga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘rishmoqda?