23:47 / 21.02.2017
9 057

Ozarbayjon prezidenti rafiqasini vise-prezident etib tayinladi

Ozarbayjon prezidenti rafiqasini vise-prezident etib tayinladi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev mamlakatning birinchi xonimi Mehribon Alievani respublikaning birinchi vise-prezidenti etib tayinladi, deb xabar qildi "Diydoraziz" sayti.

Ozarbayjon Konstitusiyasiga muvofiq, prezident o‘z vazifasini bajara olmaydigan holatlarda, uning vazifa va vakolatlarini birinchi vise prezident o‘z zimmasiga oladi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida Ozarbayjonda Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilgan edi. Mamlakatning Bosh Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar prezidentlik muddatini besh yildan etti yilgacha uzaytirish, vise-prezident lavozimi kiritish, shuningdek prezidentlikka va deputatlikka nomzodlar uchun yosh chegarasi kamaytirilishini nazarda tutadi.



Suratda Mehribon Alieva qizlari bilan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ozarbayjon prezidenti rafiqasini vise-prezident etib tayinladi