O‘zbekistonda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtiriladi

  • 22 fevral 2017, 11:11
  • 6 488
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtiriladi

    2017 yil 1 iyundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, yagona oliy organ – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etiladi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

    Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21 fevral kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida o‘z aksini topdi.

    Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklarini sudyalar va harbiy sudlar xodimlaridagi harbiy xizmatchilar huquqiy maqomi saqlanmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkaziladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay’ati tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tashkil etiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtiriladi