14:26 / 22.02.2017
14 671

Toshkentda qizning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan jinoyatchi voqea joyida qo‘lga olindi

Toshkentda qizning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan jinoyatchi voqea joyida qo‘lga olindi

Joriy yil 17 fevral kuni Toshkent shahri Olmazor tumani Ichki ishlar organlari xodimlari tufayli g‘araz niyatli shaxsning niyati amalga oshmadi. Gap shundaki, shu kuni soat 19:30 da Olmazor tumanining Allon ko‘chasida xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari shu atrofda yo‘l chetida turgan Matiz rusumli avtomobil ichidan yordam so‘rab baqirayotgan ayol kishining ovozini eshitishgan.

Voqea joyiga zudlik bilan etib borgan ichki ishlar xodimlari mashinaning eshiklari yopiq ekanligiga qaramasdan, avtomashinaning orqa eshigini ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Mashina ichida esa 25-30 yoshlardagi yigit bir qizning nomusiga tegishga harakat qilayotgan edi, ammo ichki ishlar xodimlarining o‘z vaqtida etib kelganligi tufayli bunday og‘ir jinoyatning oldi olindi.

Ichki ishlar xodimlaridan biri mashinaning eshigini ochishganida, avtomobil ichidagi yigit unga pichoq bilan tashlandi va jarohatladi. Shunga qaramasdan, jinoyatchining qo‘lini qayirib, uni qurolsizlantirishdi, deb xabar bermoqda Qalampir.uz sayti.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni hujjatlarsiz Matiz avtomobilini boshqarib yurgan kimsa ishdan chiqqan qizni qo‘rqitib, o‘z mashinasiga o‘tqizgan. Shundan so‘ng, Olmazor tumani Allon ko‘chasida yo‘l chetida to‘xtab, qizning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, bu shaxs 1988 yilda tug‘ilgan bo‘lib, avval Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan sudlanib, amnistiya akti tufayli jazodan ozod etilganligi aniqlangan. Endlikda esa unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25-, 118-modda 1-qismi va 219-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishi olib borilyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qizning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan jinoyatchi voqea joyida qo‘lga olindi