17:59 / 22.02.2017
7 701

Namanganda mast kishi birovning avtomobilini o‘g‘irladi

Namanganda mast kishi birovning avtomobilini o‘g‘irladi

Namangan viloyatida ichki ishlar idoralari xodimlari avtomobil o‘g‘irlash bilan bog‘liq navbatdagi holatni fosh etdilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ishchi ishlar vazirligi Matbuot xizmatiga tayanib Qalampir.uz xabar bermoqda.

Gap shundaki, Yangiqo‘rg‘on tumani Birlashgan qishlaoq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Paynet shahobchasi oldida noma’lum shaxs eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Damas rusumli avtomashinani haydab qochgan. Avtomashina shu qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi, ishlamaydigan, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli ekanligi aniqlangan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu erda yashovchi ishlamaydigan, 1982 yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib, mast holda mashinani boshqarib ketayotganda ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda mast kishi birovning avtomobilini o‘g‘irladi