08:51 / 23.02.2017
5 571

Ispaniyada qirolni tahqirlagan reper 3,5 yilga qamaldi

Ispaniyada qirolni tahqirlagan reper 3,5 yilga qamaldi

Ispaniya Milliy sud hay’ati Valtonyc taxallusi bilan mashhur reper Xose Migel Arenas Beltranni 3,5 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. U qirolni haqorat qilgani va terrorizmni qo‘llab-quvvatlagani uchun shunday jazoga loyiq topilgan. Bu haqda El Mundo gazetasiga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Sudyalarning xulosasiga ko‘ra, Valtonyc internet orqali erkin tarzda tarqalayotgan qo‘shiqlarida Basklar terrorchilik tashkiloti ETAning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, u qirol va qirollik oilasini tahqirlaydi.

Milliy sud hay’ati fikricha, Konstitusiya talablari haqida gap ketganda so‘z erkinligi cheklanadi. Shunga qaramay, reper sud qaroridan norozi bo‘lib, o‘z so‘zlarini inkor etish niyatida emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ispaniyada qirolni tahqirlagan reper 3,5 yilga qamaldi