Xalqimiz ishonuvchan. Shuning uchun ham oramizda firibgar, qallob va kazzoblar tez-tez uchrab turibdi.
Kunlarning birida Gulmira Yo‘ldosheva (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zini “tabib”, deb ovoza qilgan Feruza Hakimovaning nomini eshitib, uning manzilini qidirishga tushadi. Izlagan imkon topadi, deganlaridek, Gulmira ham “tabib”ning eshigini o‘z ixtiyori bilan qoqib bordi. Bemorni ochiq yuz, shirin so‘z bilan kutib olgan “tabib opa” darhol o‘z nayranglarini ishga soldi, deb yozadi “Huquq” gazetasiga tayanib Kun nashri.
F.Hakimova tezda bemorning ishonchiga kirib, uni turli yo‘llar bilan o‘qib, sog‘lig‘ini tiklab berishga ishontiradi. Uning 20 ming AQSh dollar pulini, go‘yoki issiq-sovuqni qaytarib berishni bahona qilib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi. Mazkur pullarni esa shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuboradi. Afsuslanarlisi, bemor ushbu “tabib opa”dan hech qanday shifo topmaydi. Shundan so‘ng G.Yo‘ldosheva ushbu holat haqida tegishli joyga ariza bilan murojaat qiladi.
Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, F.Hakimova o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirib, fuqaro Nilufar Ziyaevani ham uning 10 yoshli qizini yurak xastaligidan tilla taqinchoqlar bilan davolay olishiga ishontiradi. Natijada bu ayol 3 mln. 100 ming so‘m miqdoridagi tilla taqinchoqlarini firibgarning qo‘liga topshiradi. Biroq qiz sog‘aymaydi. Qimmatbaho buyumlar esa, firibgarning ehtiyojlari yo‘lida yo‘q bo‘lib ketadi.
Mazkur holatlar sud tomonidan ko‘rib chiqilib, F.Hakimovaga nisbatan tegishli jazo tayinlandi. Jabrlanuvchilarga etkazilgan moddiy zarar sudlanuvchi tomonidan to‘liq qoplandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi